Gvardiola bugun Klopp bilan oradagi hisob-kitobni tenglashtira oladimi? Yoxud bugun sayyoramizning eng kuchli mutaxassislari to‘qnashuvi bo‘ladi

  • 10 noyabr, 2019, 10:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Angliya premer-ligasida markaziy uchrashuv “Enfild”da “Liverpul” hamda “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasida kechadi. Ta’kidlash kerakki, bu nafaqat grand klublar to‘qnashuvi, balki zamonamizning eng kuchli ikki murabbiyi bellashuvi ham bo‘ladi. Keling, bugungi bahsdan oldin Yurgen Klopp hamda Xosep Gvardiolaning o‘zaro to‘qnashuvlarini yana bir bor esga olib o‘tamiz.

Tecno

Klopp va Gvardiola shu kungacha jami 17 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Shularning 8 tasida germaniyalik, 7 tasida ispaniyalik mutaxassisning qo‘li baland kelgan. Qolgan 2 ta o‘yinda esa durang natija qayd etilgan.

1."Borussiya" D – "Bavariya" – 4:2 (26.07.2013. Germaniya Superkubogi)

Klopp va Gvardiola ilk bor 2013 yil 26 iyulda Germaniya Superkubogi bahsida ro‘baro kelishgan. O‘shanda “Borussiya” Dortmundni boshqarayotgan Klopp Gvardiola boshchiligidagi “Bavariya”ni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

2."Borussiya" D – "Bavariya" – 0:3 (23.11.2013. Bundesliga)

Ular o‘rtasidagi ikkinchi bahs ham 2013 yilda bo‘lgan. Biroq, bu safar Gvardiola jamoasi safarda Klopp jamoasini yirik hisobda engan.

4."Bavariya" – "Borussiya" D – 0:3 (12.04.2014. Bundesliga)

Bundesliganing ikkinchi davrasida bo‘lib o‘tgan Gvardiola – Klopp qarama-qarshiligida bu safar Yurgen Myunxendan yirik g‘alaba bilan qaytdi.

4."Borussiya" D – "Bavariya" – 0: 2 (17.05.2014. (Germaniya kubogi)

5."Borussiya" D – "Bavariya" – 2:0 (12.09.2014. (Germaniya Superkubogi)

6."Bavariya" – "Borussiya" D – 2:1 (01.11.2014. Bundesliga)

7."Borussiya" D – "Bavariya" – 0:1 (04.04.2015. Bundesliga)

8."Bavariya" – "Borussiya" D – 1:1, penalti – 0:2 (28.04.2015. Germaniya kubogi)

Eslatib o‘tish lozimki, Klopp va Gvardiola janggi 2016 yilgi mavsumdan boshlab Angliyaga ko‘chdi. Shu mavsumdan e’tiboran Klopp “Liverpul”ni, Gvardiola esa “Manchester Siti” boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi.

9."Liverpul" – "Manchester Siti" – 1:0 (31.12.2016. APL)

10."Manchester Siti" – "Liverpul" – 1:1 (19.03.2017. APL)

11."Manchester Siti" – "Liverpul" – 5: 0 (09.09.2017. APL)

12."Liverpul" – "Manchester Siti" – 4:3 (14.01.2018. APL)

13."Liverpul" – "Manchester Siti" – 3:0 (04.04.2018. Chempionlar ligasi)

14."Manchester Siti" – "Liverpul" – 1:2 (10.04.2018. Chempionlar ligasi)

15."Liverpul" – "Manchester Siti" – 0:0 (07.10.2018. APL)

16."Manchester Siti" – "Liverpul" – 2:1 (03.01.2019. APL)

Yurgen va Xosep o‘rtasidagi so‘nggi bellashuv joriy yilning 4 avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Angliya Superkubogi uchun kechgan bellashuvning asosiy bo‘limlari 1:1 hisobida yakunlangach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda esa omad  Gvardiola shogirdlariga kulib boqdi.

17."Liverpul" – "Manchester Siti" – 1:1, penalti 4:5 (04.08.2019. Angliya Superkubogi)

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” – “Manchester Siti” bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!