Gvardiola Evropadagi eng zo‘r yarim himoyachi kimligini aytdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ayni paytda Evropada maydon markazining eng kuchli futbolchisi kim ekanini aytdi.
- Hozir Rodri Evropaning eng zo‘r yarim himoyachisi hisoblanadi. U kelajakda ham o‘sishiga umid qilaman.
“Manchester Siti” mana shunday futbolchini transfer qilib, omadi chopdi. Aslida Rodri bizga yangi qo‘shilganida bu darajadagi futbolchi emasdi.
Hozir esa, u jamoaning etakchi o‘yinchilaridan, yuqori darajali futbolchidir, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar