Gvardiola FIFAni sudga berish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

  • 2 yanvar, 2024, 17:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi  Xosep Gvardiola futbolchilar kasaba uyushmasi vakillarining FIFAni sudga berish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.

O‘yinchilar manfaatini himoya qiladigan tashkilot o‘yinlar taqvimi kengayib ketayotganidan norozi holda FIFAga qarshi sudga da’vo arizasini kiritmoqchi.

Xosep Gvardiola bu masalada o‘z fikrini bildirdi.

- Faqat o‘yinchilargina nimadir o‘zgartirishi mumkin. Men avval ham o‘yinlar haddan tashqari ko‘pligini ta’kidlaganman.

Muammo shundaki, yozda ta’tilimiz atigi uch haftani tashkil qiladi. Bu tiklanib olish uchun etarli emas. Jarohatlar hajmiga bir e’tibor bering, - dedi ispaniyalik murabbiy Daily Mail nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!