Gvardiola: Futbolchilar meni hurmat qilmaydi!

  • 03.12.2025 10:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

Angliya Premer-ligasining 14-turida “Manchester Siti” safar uchrashuvda “Fulxem” ustidan 5:4 hisobida zafar quchdi va musobaqa jadvalidagi ikkinchi pog‘onadagi o‘rnini saqlab qoldi.

Bu bahsda “shaharliklar” 54-daqiqagacha 5:1 hisobida oldinda bordi va qolgan vaqt mobaynida g‘alabani bazo‘r saqlab qoldi.  Raqib yigirma daqiqa ichida uchta to‘p kiritib, hisobdagi farqni minimal ko‘rinishga olib keldi.

Uchrashuvdan keyin Xosep Gvardiola o‘zi xos usulda fikr bildirdi.

- Men qarib qoldim va o‘yinchilar hurmat qilmay qo‘yishdi. Ular ustozga bundan munosabat qilmasligi kerak. Bunaqasi faqat shu ligada ro‘y berishi mumkin.

Aslida uchrashuvda biz fantastik o‘yin namoyish qildik. Ha, bugun ko‘plab ijobiy jihatlar bo‘ldi: biz Londonga keldik va beshta gol urdik, birinchi bo‘limni ajoyib o‘tkazdik. Albatta, men xavotirlandim. Ammo bu bo‘lajak o‘yinlarda bizga yordam beradi, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Болельщик
03/12/2025 13:28
Кари калбош Абдукодирни туширгин