Gvardiola g‘alabalar uchun kim etishmayotganini aytdi

  • 13.12.2020 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaga o‘z gollari bilan ko‘p g‘alabalarni taqdim etgan Serxio Aguero etishmayotganini tan oldi. Argentinalik hujumchi keyingi  paytda ko‘p jarohat olmoqda va aksariyat vaqtini davolanishga sarflayapti.

- Biz Serxioni sog‘indik. Keyingi olti oy davomida u juda ko‘p jarohat olyapti. Bizga aynan Aguero etishmayapti. Chunki u “Siti” tarixidagi eng zo‘r hujumchi. U o‘z formasini tiklab, safga qaytguniga qadar, Aguerosiz o‘ynashga majburmiz, - dedi bosh murabbiy.

Xosep Gvardiola anchadan beri to‘purar hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Ayni paytda u “Borussiya” to‘purari Erling Xolandni olishni istayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!