Gvardiola: "Hozir haqiqiy mavsum boshlanyapti. Ehtiyot bo‘lish kerak bo‘ladigan vaqt – fevral yoki mart"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligidagi chempionlik uchun kurash haqida fikr bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, mavsumning eng muhim qismi noyabr oyidagi terma jamoalar tanaffusidan keyin boshlanadi:
"Mavsum ikki qismdan iborat: yozgi transfer oynasi yakunlanganidan keyingi davr va noyabrdagi xalqaro tanaffus tugaganidan keyingi vaqt.
Tanaffus tugadi, endi martgacha har uch-to‘rt kunda o‘yin bor. Hozir haqiqiy mavsum boshlandi. Eng muhimi – jadvalning yuqori qismida bo‘lish va mavsum oxirida chempionlik uchun kurashish.
"Arsenal" kabi jamoa ayni paytda ham, o‘tgan mavsumda ham mukammal o‘yin ko‘rsatdi.
Bu hissiyot menda o‘tgan mavsumda "Liverpul"ga qarshi kurashgan paytda ham bo‘lgan. Ular ko‘p ochko yo‘qotmasligini his qilganman. Agar bunday jamoa uzoqqa borsa, ularni quvib etish juda qiyin.
Ortda qolgan jamoalar ulkan bosim ostida o‘ynashga majbur. Lekin hozir noyabr. Noyabrda hech narsa hal bo‘lmaydi. Ehtiyot bo‘lish kerak bo‘ladigan vaqt – fevral yoki mart. Hozir esa mavsum boshlanyapti", – deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.



Fikrlar