Gvardiola: "Husanov haqida ham o‘ylayapman" (Matbuot anjumani)

  • 25 may, 23:05
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Manchester Siti" Angliya Premer-ligasining so‘nggi turida "Fulxem" bilan kuch sinashib, Gyundogan va Xolandning gollari evaziga 2:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardioladan Jek Grilish bilan bo‘layotgan holat haqida so‘rashdi. Ispaniyalik mutaxassis mazkur savolga javob berayotganda hamyurtimiz Abduqodir Husanov haqida qisqacha eslat o‘tdi. 
 
"Iltimos, mendan Jek haqida so‘ramang. Kim aytdi men undan mamnun emasman deb? Men o‘z so‘zlarim bilan undan mamnun emasligimni aytdimmi?! 
 
Riko Lyuis men uchun eng sevimli o‘yinchilarimdan biri. U ham asosiydan joy olmadi. Jeyms Makayti "Aston Villa"ga qarshi o‘ynadi va ajoyib natija ko‘rsatdi. "Vulverxemptom"ga qarshi boshqa o‘yinlarda ham ajoyib o‘ynadi. Lekin bugun qaydnomaga ham kiritilmadi! 
 
Nega siz mendan, masalan, Makayti haqida so‘ramayapsiz? Gap shaxsiy munosabatlarda emas, o‘yinchilar bilan hech qanday muammom yo‘q. 
 
O‘tgan o‘yinda olti nafar o‘yinchini tarkibdan chiqarishim kerak edi, bugun esa beshta. Chunki o‘tgan o‘yinda Kovachich maydondan chetlatilgandi. Aks holda, yana 6 o‘yinchi kengaytirilgan tarkibdan joy olmas edi. 
 
Nazarimda, Jek haqida o‘ylaganimdek, Abduqodir Husanov, Vitor Reys, Makayti va "Fulxem"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmagan barcha o‘yinchilar haqida ham o‘ylayapman"
- deya ta’rif berib o‘tdi 54 yoshli mutaxassis. 
 
Eslatib o‘tamiz, shaharliklar APLNI yakunlaganidan so‘ng 15 iyundan 13 iyulgacha davom etadigan Klublari o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rest Lover
26/05/2025 00:01
Тренерлик ку́лингдан келмаса кетак,ол