Gvardiola Husanovni o‘zining eski shogirdiga taqqosladi

  • 12.02.2026 10:51
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi.

"Shaharliklar" ustozi Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning o‘ng qanot himoyasida ham ideal darajada o‘ynay olishiga shubha qilmayapti. Kecha 21 yoshli himoyachi "Fulxem"ga qarshi uchrashuvning 60-daqiqasida Mateush Nuneş o‘rniga zahiradan maydonga tushdi va o‘ziga xos bo‘lmagan o‘ng qanot himoya chizig‘idan joy egalladi. To‘ri bu pozitsiya u uchun yangilik emas biroq, Husanovni markaziy himoyada ko‘rishga odatlanganmiz. Uchrashuv "Manchester Siti"ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindan so‘ng Gvardiola Abduqodir haqida gapirdi:

"Husanovning o‘ng qanotda super harakatlarini ko‘rdim va bu menga Kayl Uokerning praym davrini eslatib yubordi. Abduqodir bunga qodir ekanini juda yaxshi bilaman", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik yulduz joriy mavsumda Angliya Premier-ligasida 12ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!