
Gvardiola "Inter"ga keladimi? Klub prezidenti javob berdi
"Inter" prezidenti Stiven Chan jamoa bosh murabbiyligiga Xosep Gvardiolaning taklif qilinishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, shanba oqshomida "Inter" Chempionlar ligasi finalida aynan Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
“Gvardiola yaxshi murabbiy. U ishlagan hamma joyda g‘alaba qozondi. U bilan ishlash, albatta, zavqli bo‘lardi. Lekin men A Seriyada tajribaga ega bo‘lgan murabbiylar bilan ishlashni afzal ko‘raman”, - dedi Chan La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar