
Gvardiola Kloppga Chempionlar ligasi kubogiga APL chempionligini almashtirishni taklif qildi
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Liverpul" ustozi Yurgen Kloppga o‘zaro sovrinlar almashish borasida hazil qildi.
“Men Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni xohlardim, u esa Angliya chempionatida. Balkim biz o‘zaro sovrinlarni almashtirarmiz”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” so‘nggi ikki mavsumda APLda g‘olib bo‘ldi, “Liverpul” esa o‘tgan mavsum EChLda g‘alaba qozondi.
Fikrlar