Gvardiola Kloppni mag‘lub etish borasida etakchiga aylandi

  • 2 aprel, 2023, 08:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLning 29-turi doirasida "Manchester Siti" o‘z uyida "Liverpul" ustidan yirik g‘alabaga erishdi (4:1).

Tecno

"Football Talk" nashri xabariga ko‘ra, Pep Gvardiola Yurgen Kloppni 10 marta mag‘lub etgan birinchi murabbiy bo‘ldi.

Chempionlik poygasida 3 ochko jamg‘argan "shaharliklar" APL peshqadami "Arsenal" bilan oradagi farqni 5 ochkoga qisqartirdi. Ayni damda jamoalar chempionatda bir xil o‘yin o‘tkazishgan.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola shogirdlarining chempionatdagi keyingi o‘yini 8 aprel kuni "Sautgempton"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!