Gvardiola Kulibalini "Manchester Siti"da ko‘rmoqchi
"Napoli" klubi himoyachisi Kalidu Kulibali yozgi transferlar davrida "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.
O‘z navbatida neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis ham 27 yoshli senegallik futbolchini qo‘yib yuborishga rozi, faqat buning evaziga 120 million evro so‘ramoqda. Ta’kidlash kerakki, Kulibaliga shaxsan "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola jiddiy qiziqish bildirmoqda va yangi mavsumda uni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Siti” Kulibali uchun “Napoli”ga 95 mln evro to‘lashga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Kulibali “Napoli”safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum A Seriyada 35ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar