Gvardiola “Manchester Siti” bosh murabbiyligini kimga topshirishini aytdi

  • 24 oktabr, 2023, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bilan deyarli barcha sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘lgan Xosep Gvardiola o‘zidan keyin jamoani kim boshqarishi kerakligini aytib o‘tdi.

Ispaniyalik mutaxassis o‘z shogirdlarini “Brayton”da samarali ishlayotgan Roberto De Dzerbiga topshirishni rejalashtiryapti.

Xosep Gvardiola “shaharliklar” jamoasini 2016 yildan beri muvaffaqiyatli boshqarib kelmoqda. Bungacha ispaniyalik murabbiy “Barselona” va  “Bavariya” kabi klublarda katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Roberto de Dzerbi “Brayton”ni o‘tgan yili sentyabrda qabul qilib olgan edi. Italiyalik mutaxassis bungacha o‘z yurtida va Ukrainaning “Shaxtyor” jamoasida ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!