Gvardiola “Manchester Siti”dan ketadimi?

  • 11.08.2022 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ko‘plab grand klublar va terma jamoalar nishonida turibdi. Aksariyat muxlisu mutaxassislarni ispan murabbiyining kelajagi qiziqtirib keladi.

Xosep Gvardiola keladagiga doir savolga o‘zi javob berdi.

- Mendan yangi shartnoma borasida ko‘p so‘rashadi. Men avval ham juda ko‘p marotaba ta’kidlaganman. Agar klub rahbariyati men bilan bitimni yangilashni istasa, men bu taklifni qabul qilaman.

Men bundan keyin ham “Manchester Siti”da ishlashga tayyorman, - dedi Xosep Gvardiola.

Ispaniyalik murabbiy “shaharliklar”ni 2016 yildan beri  boshqarib kelmoqda. Bu vaqt mobaynida “Manchester Siti” to‘rt marotaba Angliya premer-ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!