
Gvardiola "Manchester Siti"dan ketadimi?
Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoada ishlashda davom etadi. Daily Mail xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis “shaharliklar” bilan yangi shartnoma imzolashga qarshi emas.
Uning amaldagi shartnomasi esa kelgusi mavum yakuniga etadi. Qayd etish joiz, Gvardiolaning oylik maoshi yiliga 15 mln funtni tashkil etadi va u Manchesterdagi hayotidan mamnun.
Qayd etish joiz, Gvariola o‘zi boshqargan hech bir klubda 4 yildan ortiq vaqt ishlamagan.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” bu mavsum APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. EChLda ham jamoa 4-turdan keyinoq pley-off masalasini hal etib ulgurdi.
Fikrlar