Asosiy mazmunga oʻtish

Gvardiola "Manchester Siti"dan ketish sababini aytdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Murabbiy keyingi faoliyatiga ham to‘xtaldi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsum yakunlangandan keyin klubni tark etish qaroriga charchoq sabab bo‘lganini aytdi.

Ispaniyalik mutaxassisning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan edi.

"Bir muddat murabbiylik qilmayman. Bu aniq. Ishontirib aytaman, agar menda kuch bo‘lganida, jamoa bilan qolardim. Agar vaziyat boshqacha bo‘lganida, hozir ham shu yerda bo‘lardim.

Rostini aytsam, men dam olishga loyiqman", — dedi Gvardiola.

Bugun "Manchester Siti" Gvardiola boshchiligidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi. Jamoa APL doirasida "Aston Villa" ga qarshi bahs olib boradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q