Gvardiola “Manchester Siti”dan keyin qaerda ishlashini aytdi

  • 27.02.2024 21:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola murabbiylik faoliyatini yakunlashdan oldin xalqaro miqyosda ishlab, biror terma jamoani boshqarish niyati borligini yashirmadi.

Gvardiolaning “shaharliklar” bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi va tomonlar o‘zaro kelishgan holda uni yana bir necha yilga uzaytirishi  mumkin.

Biroq ispaniyalik mutaxassis “Barselona”, “Bavariya” va “Manchester Siti”dagi faoliyati davomida klublar miqyosidagi barcha musobaqalarda bosh sovrinni qo‘lga kiritib bo‘lgan.

Gvardiola murabbiy sifatida jahon va qit’a chempionatlarida ham g‘olib chiqishni rejalashtirmoqda.

- Faoliyatim davomida men erishmagan nima qoldi? Terma jamoalar bilan ishlash qoldi. Men biror terma jamoani jahon yoki qit’a chempionatida o‘ynatmoqchiman. Qaysi terma jamoani boshqarishni istayman? Men qaysi mamlakat men bilan ishlashni xohlashini bilmayman. Terma jamoada ishlashim uchun ular men bilan ishlashga rozi bo‘lishi kerak.

Bu holat qachon yuz berishi ham noma’lum. Balki besh yildan keyin yoki 10-15 yilda bo‘lar. Lekin men jahon chempionatida bosh murabbiy sifatida ishlamoqchiman, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!