Gvardiola “Manchester Siti”ga zo‘r darvozabon tanladi
Ispaniya chempionatida “Las-Palmas” sharafini himoya qilayotgan Alvaro Vales faoliyatini Angliya Premer-ligasining eng qudratli jamoalaridan hisoblangan “Manchester Siti”da davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ispan golkiperiga shaxsan qiziqish bildirmoqda va klub mutasaddilaridan bu transferni tezroq amalga oshirishni so‘rayapti. Bu haqda Todofichajes nashri axborot berdi.
26 yoshli Vales 2019 yildan bei “Las-Palmas”da o‘ynayapti. Uning amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi.
Gvardiola Vales bilan yanvar oyidayoq kelishib olishga umid bildiryapti.

Fikrlar