
Gvardiola: "Men "Real"ga qo‘ng‘iroq qildim"...
APL 38-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Aston Villa" uchrashuvida "shaharliklar" muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va Angliya chempioniga aylandi. Qizig‘i, "Siti" bellashuvning 76-daqiqasida 2-0 hisobida ortda borayotgandi. So‘ngra "shaharliklar" 5 daqiqa ichida 3 ta gol urdi va Premer-liga chempionligini qo‘lga kiritdi.
Pep Gvardiola ushbu kambekka quyidagicha izoh berdi:
"Men "Real"ga qo‘ng‘iroq qildim. Ular menga yaxshi maslahat berishdi. Madridliklarning kambekini o‘sha kuni va hatto hozir ham tushuntirib bo‘lmaydi. Bu impuls.
Ushbu holatni boshdan kechirish yoqimli. O‘ylaymanki, mazkur g‘alaba kelasi mavsum yana ham kuchayishimizga yordam beradi", - dedi "shaharliklar" ustozi.
Fikrlar