Gvardiola: "Natija — natija, ammo oʻyinimiz juda yoqdi"

  • 08.01.2026 03:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Xosep Gvardiola "Brayton"ga qarshi durangdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

— G‘alabaga loyiq bo‘lish haqida gap emas. Natija — natija. Men qilgan ishimiz adolatsiz bo‘ldi, deb o‘ylaydigan inson emasman. Hisob shunday: ularga bir ochko, bizga ham bir ochko — holat shu.

Men o‘ynagan tarzimizdan juda-juda mamnunman. Juda ko‘p yangi futbolchilar bor edi va ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rdim. Rostini aytsam, aynan shu yaxshi jihatlar menga juda yoqdi.

Lekin biz gol ura olmayapmiz. Juda ko‘p aniq vaziyatlar bo‘lmoqda. Bu bitta, ikkita yoki uchta futbolchiga bog‘liq emas — hujumdagi barcha o‘yinchilar haqida gap ketyapti. Biz imkoniyatlar yaratayapmiz, ammo afsuski, ularni golga aylantira olmayapmiz. Gol urish — bu sening ishingning bir qismi.

Pep Guardiola, head coach of Manchester City, looks dejected during the Premier League match between Manchester City and Brighton & Hove Albion at...

Biz ajoyib o‘ynadik. Himoyada jamoa juda jips harakat qildi, barcha futbolchilar bilan yaxshi himoyalandik. Lekin olti metrlik maydon ichida ham ko‘p imkoniyatlar bo‘ldi, ulardan foydalanа olmadik. Bu barchamizga tegishli.

Premyer-ligada chempionlik poygasi haqida esa shunday dedi:

— Agar o‘yinlarda g‘alaba qozonmasak, hech narsa haqida o‘ylab bo‘lmaydi. "Nottingem Forest"ga qarshi juda qiyin o‘yinda ajoyib natija qayd etdik. Keyingi uch o‘yinni tahlil qilsak, o‘yinimiz juda yaxshi bo‘ldi.

Pep Guardiola, Manager of Manchester City, speaks with Erling Haaland following the Premier League match between Manchester City and Brighton & Hove...

Hakamik haqida:

— "Brayton"ga qarshi o‘yinda bu penalti edi. Hakam nega chalmaganini bilmayman, VAR orqali ham buni ko‘rish kerak edi. Juda ochiq epizodlar bo‘ldi. Hozir hakamlar uchun ish ancha oson — qaror qabul qilish ham oson.

Bu mavsum nega o‘tgan yilgidek emasligi haqida:

— Bu juda aniq. Gap o‘yinimiz uslubida va energiyada. Hammasi juda oddiy: energiyamiz va o‘ynash tarzimiz imkoniyatlar yaratishga olib kelyapti. Kutilgan gollar bor, lekin to‘pni darvozaga kirita olmayapmiz. Muammo shu, xolos. Bu faqat bitta futbolchi emas, ko‘pchilikka tegishli.

Pep Guardiola, Manager of Manchester City, interacts with Rayan Cherki of Manchester City after the Premier League match between Manchester City and...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!