
Gvardiola nega Xolandga tanbeh berdi?
“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida “Lids” ustidan 2:1 hisobida qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.
“Shaharliklar”dan Ilkay Gyundog‘an dublga erishdi. Germaniyalik futbolchining gollaridan keyin hakam raqib darvozasiga penalti belgiladi.
Xet-trik qilish maqsadida 11-metrlik nuqtaga yaqinlashgan Ilkay Gyundog‘an darvozani ishg‘ol qila olmadi. Shundan keyingi hujumda “Lids” hisobdagi farqni qisqartirdi.
Penaltidan keyin Xosep Gvardiola Erling Xolandga qattiq tanbeh berayotgan vaziyat mutaxassislar e’tiboriga tushdi. Ispaniyalik murabbiy norvegiyalik hujumchiga uch marotaba penaltini o‘zi tepishi kerakligini uqtirdi. Lekin 22 yoshli to‘purar bu imkoniyatni jamoa sardoriga berdi. Bu vaziyat Xosep Gvardiolaga yoqmadi.
Fikrlar