Asosiy mazmunga oʻtish

Gvardiola: Oltinchi yoki o‘n ikkinchi o‘rinni olsangiz ham bu mavsumni yaxshi o‘tkazganingizdan dalolat

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Gvardiola Donnarummaning "Lev Yashin" sovrinini qo‘lga kiritgani xususida fikr bildirdi

Pep Gvardiola kecha "France Football" tomonidan o‘tkazilgan mavsumning eng yaxshilarini aniqlab beruvchi marosimda "Lev Yashin" sovrinini qabul qilib olgan Janluiji Donnarumma haqida fikr bildirdi: 

"Men Jijini (Donnarumma) tabriklayman. U haqiqatdan ham jamoasi bilan fenomenal mavsum o‘tkazdi. Men doim bir narsani aytaman. Agar siz to‘qqizinchi, oltinchi yoki o‘n ikkinchi o‘rinni egallasangiz va hatto nomzod sifatida ko‘rsatilganingizni o‘zi ham mavsumni yaxshi o‘tkazganingizdan dalolat. Menimcha, u har mavsumda individual sovrinlarga yaqin keladi. Sababi, Donnarumma ajoyib darvozabon",- dedi "Manchester Siti"ning bosh murabbiyi.

Eslatib o‘tamiz, italiyalik posbon "Lev Yashin" sovrinidan tashqari "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda 9-o‘rinni egalladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q