
Gvardiola o‘z shogirdining "Barsa"ga o‘tishi mumkinligiga ishora qildi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Barselona"ning Raxim Sterlingga qiziqayotgani borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"To‘g‘risini aytsam, menda bu borada aniq ma’lumotlar yo‘q. Shunday bo‘lsada, "Barselona" futbolchilarimizdan birini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsa, ular buni amalga oshirishlariga shubham yo‘q.
"Barsa" nima bo‘lgan taqdirda ham jozibadorligini saqlab qolmoqda", - dedi ispaniyalik mutaxassis "Mundo Deportivo" nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, avvalroq Raxim qishki transferlar oynasida "ko‘k-anorranglilar" safiga o‘tishi mumkinligi borasida xabarlar chiqayotgandi.
Fikrlar