
Gvardiola o‘zi bilan urishgan futbolchi bo‘yicha so‘nggi qarorini aytdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu bo‘yicha yakuniy qarorini aytdi.
29 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum bosh murabbiy bilan urishib qolgani sababli, yanvar oyida “Bavariya”ga ijaraga berib yuborilgan edi.
- Kanselu “Manchester Siti”da qoladi. “Bavariya”ga ijaraga berilgunga qadar u bizga juda ko‘p foyda keltirgan edi. Hozir ham Joau jamoamiz a’zosi, - dedi Xosep Gvardiola.
“Shaharliklar”ning tajribali himoyachi bilan shartnomasi 2027 yilning yarmiga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchini 50 million evroga baholamoqda.
Fikrlar