Gvardiola qimmat darvozabonni tanladi

  • 23 iyul, 06:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola oldida turgan eng muhim masalalardan biri jamoaning asosiy darvozaboni Ederson o‘rniga boshqa nomzod topishdan iborat.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassis darvozani Portugaliya terma jamoasi va “Portu” sharafini himoya qilib kelayotgan Diogu Koshtaga topshirmoqchi. Bu posbonning butun Evropa bo‘yicha xaridorlari ko‘p. xususan, Turkiyaning amaldagi chempioni “Galatasaroy” ham portugaliyalik golkiperni so‘rayapti.

“Manchester Siti” darvozabon uchun kurashda boshqa da’vogarlarni ortda qoldirmoqchi. “Shaharliklar” Koshta uchun 60 million evro bermoqchi emas.

Biroq “Portu” asosiy golkiperini 75 million evrodan kamiga qo‘yib yubormasligi aniq bo‘ldi.

Xosep Gvardiolaga 200 ta uchrashuvdan 83 tasida o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qolgan Koshtaning ishonchli harakatlari, oyoq bilan o‘ynashga usta ekani va tezkor reaktsiyasi ma’qul kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!