Gvardiola raqibni maqtadi
Angliya Premer-ligasida o‘ninchi turning markaziy uchrashuvi “Etixad” stadioni bo‘ladi. Unda “Manchester Siti” yuqori o‘rinlar uchun kurashdagi asosiy raqobatchilaridan biriga aylangan “Bornmut”ni qabul qiladi.
Yozda “Bornmut” bir nechta muhim futbolchilarini yo‘qotdi. Shunga qaramasdan, jamoa hozirda Premer-liga jadvalida ikkinchi o‘rinda joylashgani hayratlanarli hol.
Bu haqda “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola quyidagicha izoh berdi.
- “Bornmut” juda yuqori saviyada. Ular rahbariyat, sport direktorlari, murabbiylar va futbolchilar o‘rtasida mukammal hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Bu klub o‘zgarmas aniq falsafaga ega. Albatta, tarkibda o‘zgarishlar bo‘laveradi. Sen uch yoki to‘rt futbolchini top-klublarga sotib, shundan so‘ng jamoani shunday darajada tiklay olsang, bu katta sahna ortidagi mehnat samarasidir, - dedi Xosep Gvardiola.
Angliya Premer-ligasining o‘yinchi turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” va “Bornmut” o‘rtasidagi markaziy uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.
Fikrlar