Gvardiola shogirdlari 1000 ta gol urdi
“Manchester Siti” futbolchilari “Vest Xem”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda raqib jamoa darvozasini javobsiz uch bor ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, Xosep Gvardiola boshqaruvidagi jamoa barcha turnirlarda kiritgan to‘plari sonini 1000 taga etkazdi.
“Manchester Siti” bu natijani qayd etishi uchun Gvardiola shogirdlarini 404 marta maydonga olib tushgan.
Ispaniyalik murabbiy “shaharliklar”ni 2016 yildan beri boshqarib kelmoqda. Bu muddat ichida “Manchester Siti” kuchli beshlikning barcha klublari o‘rtasida eng ko‘p gol urgan jamoaga aylandi.
Angliya jamoalari orasida gol urish bo‘yicha manchesterliklarning eng yaqine ta’qibchisi bo‘lgan “Liverpul” hisobida 797 ta to‘p bor.

Fikrlar