Gvardiola shov-shuvli transferga qo‘l urmoqda

  • 7 may, 2024, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa tarkibini yanada kuchaytirish borasida bosh qotiryapti.

TBR Football nashrining yozishicha, “shaharliklar” yozda katta transferga qo‘l urmoqchi. Ispaniyalik mutaxassis o‘z jamoasi safida “Bavariya” yarim himoyachisi Yozua Kimmixni ko‘rishni istayapti.

Kimmixning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakuniga etadi. Hozircha, 29 yoshli futbolchi hamkorlikni uzaytirishga shoshilmayapti.

Manbaning ta’kidlashicha, Kimmix “Bavariya” qaysi mutaxassisni bosh murabbiy qilishiga qarab, bir qarorga keladi.

Agar tajribali yarim himoyachi klub bilan kelishuvni uzaytirmasa, mutasaddilar yozda uni sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi. Bu vaziyatda Kimmix Xosep Gvardiolaning muxlisi ekani “Manchester Siti”ning imkoniyatlarini oshiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!