Gvardiola “Siti”ga qaysi futbolchi yetishmayotganini aytdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jarohat olgan Mateo Kovachich haqida fikr bildirdi. Xorvatiyalik yarim himoyachi o‘tgan yilning oktyabridan beri jarohati sababli maydonga tushmayapti.
- Kovachich maydondagi mashg‘ulotlarni boshladi. U bizga juda yetishyapti, chunki u o‘ziga xos mahoratga ega. Bir necha kun oldin u bilan gaplashdim, o‘zini juda yaxshi his qilayotganini aytdi.
Mateo mavsumning hal qiluvchi qismida bizga yordam bera oladi, deb umid qilaman. Uning o‘ziga xos sifatlari va mentaliteti bor. Eng muhimi, uning sog‘ligi. Biz uning to‘liq tiklanib, yana futbol o‘ynashiga erishishini xohlaymiz, - dedi Gvardiola.
31 yoshli Kovachich “Manchester Siti”ga 2023 yilning yozida transfer qilingan. Ilgari yarim himoyachi top-ligalarda “Inter”, “Real” va “Chelsi” kabi qudratli klublar sharafini himoya qilgan.
Fikrlar