Gvardiola “Siti”ni yanada kuchaytiradigan o‘yinchi topdi
Angliya Premer-ligasida tengsizligini isbotlagan “Manchester Siti” yanada kuchaytiriladi. Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tarkib imkoniyatlarini oshira oladigan o‘yinchi topdi.
El Nacional nashrining yozishicha, Gvardiola “Bavariya” etakchilaridan Yozua Kimmixni olib kelishni rejalashtiryapti.
Ispaniyalik mutaxassis yarim himoyachi Myunxenni tark etishni istayotganidan xabardor va bundan unumli foydalanib qolmoqchi.
Kimmix ham Gvardiola bilan yaxshi munosabatda. Qolaversa, “Bavariya” 28 yoshli futbolchi talab qilayotgan maoshni to‘lash borasida “Manchester Siti” bilan raqobat qila olmaydi.
Fikrlar