Gvardiola “Siti”ni yig‘ishtirib, terma jamoani boshqaradi

  • 2 sentabr, 2023, 12:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya futbol federatsiyasi “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan muzokara o‘tkazmoqda, deb xabar tarqatdi Football Espana nashri.

Tecno

Angliyaliklar ispaniyalik mutaxassis mamlakat terma jamoasini 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatiga tayyorlashini so‘rayapti.

Shu bois, mamlakat futboli rahbariyati Xosep Gvardiolaga 2025 yilning yozida “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanganidan keyin Garet Sautgeytning o‘rnini egallashni taklif qilmoqda.

Agar Xosep Gvardiola bu taklifga ko‘nsa, uning ixtiyorida jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun bir yil vaqt bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Pep 2012 yili Angliya futbol federatsiyasiga terma jamoani boshqarish bo‘yicha o‘z xizmatini taklif qilgandi. Biroq, rahbariyat o‘shanda Roy Xodjson nomzodini ma’qul ko‘rgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!