Gvardiola "Siti"ning qo‘ldan chiqargan g‘alabasiga izoh berdi

  • 17.12.2023 03:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pep Gvardiola "Manchester Siti" - "Kristal Pelas" uchrashuvi natijalarini sarhisob qildi.

APL 17-turidan o‘rin olgan o‘yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Uchrashuv davomida “shaharliklar” ikkita gol urishdi.

“Biz qarorlarimiz tufayli ikki ochko yo‘qotdik, deya olaman. Yaxshi o‘yin o‘tkazdik, barcha detallar yaxshi edi. Raqib darvozamiz oldida imkoniyat yaratishiga yo‘l qo‘ymadik. 

Biz ko‘proq imkoniyatlar yaratdik, ammo 2 ochko qo‘ldan boy berildi. Bu kabi voqea "Tottenxem" va "Liverpul"ga qarshi o‘yinda ham sodir bo‘lgandi”,-  dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!