Gvardiola: "Tonali — haqiqiy top-futbolchi"

  • 06.02.2026 22:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Sandro Tonaliga yuqori baho berib, u bilan o‘yindan keyin bo‘lgan suhbatı haqida gapirdi.

Jamoalar o‘rtasida Angliya Kiga kubogi yarim finalining javob bahsi bo‘lib o‘tdi (3:1, birinchi o‘yin – 2:0). Uchrashuvdan so‘ng "Breshia"da to‘p surgan, Tonali esa aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblangan Gvardiola maydonga chiqib, italyalik yarim himoyachi bilan muloqot qildi.

"Mening italyan tilim mukammal, shuning uchun Sandro bilan bemalol gaplasha olaman. "Breshia"da umumiy do‘stimiz bor va men uning otasini juda uzoq vaqtdan beri taniyman.

Har safar Tonali bilan uchrashganimizda “Milan”, muxlislar va uning “Nyukasl”da o‘zini qanchalik baxtli his qilayotgani haqida gaplashamiz. U haqiqatan ham top-futbolchi. Juda yuqori darajadagi futbolchi", — dedi Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!