Gvardiola yana bir qimmat futbolchini kutyapti

  • 24.08.2023 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozgi transferlar oynasi oxirigacha maydon markazini kuchaytiradigan o‘yinchi olmoqchi.

Aslida “shaharliklar” bu pozitsiyaga “Vest Xem” yarim himoyachisi Lukas Paketani olishga juda yaqin turgandi. Biroq, bu futbolchi qimorga aralashganlikda gumon qilinganidan keyin “siti” muzokaralarni to‘xtatdi.

Daily Mail nashrining yozishicha, endi “Manchester Siti” mutasaddilari e’tiborini “Kristal Pelas” vakili Eberechi Ezega qaratdi.

25 yoshli futbolchi uchun “Kristal Pelas” 70 million funt talab qilmoqda.

Eberechi Eze jamoa tarkibida uch yildan beri to‘p tepyapti. Iyun oyida Eze Angliya milliy terma jamoasida debyutini nishonladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!