
Gvardiola "Yuventus"ni boshqaradimi?
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zining "Yuventus"ni boshqarishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun turinliklar rasmiy saytida bosh murabbiy Massimiliano Allegrining mavsum yakunlangach jamoadan ketishi haqidagi xabar e’lon qilindi.
“Bu haqda yana qancha gapirishim kerak? Men “Yuventus”ga, Italiyaga ketishni rejalashtirmayapman. Men bu erda baxtliman va hech qaerga ketmoqchi emasman. Men yangi mavsumda ham “Manchester Siti”ni boshqaraman. Bu haqda men juda ko‘p gapirdim”, - deydi Gvardiola.
Fikrlar