
Gvardioladan eng ko‘p jabr chekkan jamoa qaysi?
Angliya kubogining chorak finali doirasida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Arsenal”ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona golni 64-daqiqada Natan Ake kiritdi.
Bu Xosep Gvardiola uchun “Siti” bosh murabbiyi sifatida "kanonirlar" ustidan qozonilgan 18-g‘alaba bo‘ldi. E’tiborlisi, 58 yoshli ispaniyalik mutaxassis faoliyati davomida eng ko‘p mag‘lubiyatga uchratgan jamoa aynan “Arsenal” hisoblanadi.
Pep jamoasiga eng ko‘p mag‘lub bo‘lgan 5 ta jamoa qatoriga shuningdek "Byornli" (14), "Chelsi" (13), "Manchester Yunayted" (12) va "Real" (12) kiradi.
Bu Gvardiolaning "Arsenal"ga qarshi 25-o‘yini bo‘ldi. Yana bir qiziq jihati, London klubi uning faoliyatida eng ko‘p to‘qnash kelgan jamoaga ham aylandi. Pep murabbiylik faoliyati davomida "Chelsi" bilan 24, "Manchester Yunayted" bilan 22 va "Real" bilan 21 marta o‘ynagan.
Fikrlar