Gvardiolaga kerak bo‘lmay qolgan yulduzning xaridori ko‘payib ketdi

  • 4 oktabr, 2021, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” jamoaning eng qimmatbaho futbolchilaridan hisoblangan Rahim Sterling bilan xayrlashishi mumkin.

Xosep Gvardiola keyingi paytda unga u qadar ishonch bildirmayapti.

26 yoshli hujumkor futbolchi tez orada Manchesterdan ketishi kutilmoqda va unga xaridorlar soni ortib bormoqda.

Sterlingga “Liverpul” va “Barselona” qiziqish bildirgan edi. Endi ular qatoriga “Arsenal” ham qo‘shildi. “Kanonirlar” Sterling transferini yanvar oyida amalga oshirmoqchi va tegishli taklif tayyorlashga kirishgan.

Rahim Sterlingning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha tuzilgan. Uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klub kamida 90 million evrodan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!