
Gvardiolaning agenti ertaga Angliyaga keladi. Chunki…
Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan shartnomani uzaytirish ustida ish olib bormoqda.
47 yoshli mutaxassisning agenti Xose Mariya Orobitg chorshanba kuni yangi shartnoma borasida ingliz klubi bilan muzokara o‘tkazish uchun Manchesterga keladi.
Ispaniyalik mutaxassisning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yozida nihoyasiga etadi. Biroq klub rahbarlari “Manchester Siti”ning bu yilgi mazmunli o‘yinlaridan qoniqish hosil qilishmoqda va u bilan shartnomani uzaytirishga qaror qilishgan.
Fikrlar