Gvardiolaning eng xunuk odati oshkor bo‘ldi
Pepda ham kamchilik bor
“Manchester Siti”ning sobiq yarim himoyachisi David Silva jamoaning bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan ishlagan davrlarini eslab, ispaniyalik mutaxassis xarakteridagi eng yomon jihatni aytdi.
- Gvardiola bilan ishlash mutlaqo boshqa daraja. U raqib jamoa nima qilmoqchi ekanini oldindan bilardi, hamma narsa tayyor bo‘lardi va o‘yinda barchasi bizning foydamizga hal bo‘lardi.
Uning eng yomon jihati, u o‘ta talabchan va mijg‘ov. Gvardiola futbolchilarga ko‘p erkinlik bermaydi. Ammo boshqa barcha jihatlarda u – daho, - dedi David Silva.
Ispaniyalik futbolchi David Silva 2016–2020 yillar davomida Gvardiola qo‘l ostida “Manchester Siti” safida o‘ynagan va jamoaning etakchi ijrochilaridan bo‘lgan.

Izohlar (0)