Gvardiolaning Husanov bo‘yicha maqsadi aniq bo‘ldi!

  • 22 may, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek futboli afsonasi Azamat Abduraimovning “Manchester Siti” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov haqidagi intervyusi tarqalmoqda.

Tecno

Ma’lumki, Azamat Abduraimov Abduqodir 14 yoshligida uni O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga jalb qilgan va bir muddat futbolchining iqtidorini ochishda ishtirok etgan.

Sports.uz portali ushbu suhbatda Azamat Abduraimov tomonidan aytilgan 21 yoshli legionerga tegishli qiziqarli fikrlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

1-qism:  Husanovni nega terma jamoaga jalb qilmay qo‘yishgan edi?

- Men Abduqodirning otasi bilan doimiy aloqadaman. U yaqinda Angliyadan qaytib keldi va o‘zaro suhbatda “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola Abduqodirni hech qayoqqa qo‘yib yubormoqchi emasligini aytdi. Uni na transferga, na ijaraga qo‘ymoqchi emas.

Gvardiola Husanov bilan individual shug‘ullanayotgan ekan.  Abduqodirning o‘zi ham hammasini tushunib turibdi va hech qayoqqa ketmoqchi emas. Otasi Hikmat Hoshimovning aytishicha, o‘g‘li uchun “Manchester Siti” – hayot maktabi. Har doim ham maydona tushmayotgan bo‘lsa-da, doim mashg‘ulotlarda qatnashyapti, Gvardiola unga shaxsan e’tibor qaratayotganining o‘zi ko‘p narsadan dalolat beradi.

Abduqodir kamgap bo‘lsa-da, futbol uning uchun birinchi o‘rinda. Hech qachon tartib-intizom bo‘yicha muammo bo‘lmagan. Har holda mening jamoamda bejiz sardor bo‘lmagan. U qaerda o‘ynamasin, bu “Manchester Siti”, “Lans”, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yoki Belarusning “Energetik-BGU” klubi bo‘ladimi, har qayoqda unga yaxshi munosabat bo‘lishidan hech ajablanmayman. U juda mehnatkash. Buni Gvardiola ham alohida ta’kidlagan.

Men Gvardiola unga ishonmay qo‘ydi, demagan bo‘lardim. Har qanday murabbiy ham birinchi navbatda jamoa manfaatlardan kelib chiqib qaror qabul qiladi. Yilning boshida jamoada juda ko‘p beqarorlik bo‘ldi. Bu tarkib masalasida ham ko‘zga tashlandi. Jarohatlar ko‘p bo‘ldi. Hozir hammasi joyiga tushgandek.

Niko O`Rayli qanotda zo‘r o‘ynay boshladi. Yoshko Gvardiol markazga ko‘chdi. O‘yin sxemasi o‘zgardi, ilgari uchta markaziy himoyachi o‘ynardi, hozir ikkita o‘ynayapti. Murabbiylar himoya chizig‘ida o‘zgarishlarni minimal darajaga tushiradi. Asosiy tarkib o‘yinchilari tanlangan va ular natija beryapti.

Yaxshilikdan yaxshilik qidirilmaydi. Husanov hozircha o‘ynamayapti, lekin bu vaqtinchalik holat ekaniga aminman, - dedi sobiq futbolchi Azamat Abduraimov.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov joriy yilning 20 yanvar kuni Frantsiyaning “Lans” jamoasidan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tdi. Angliya superklubi o‘zbek futbolchisi uchun frantsiyaliklarga 40 million evro miqdorida badal puli to‘pladi.

21 yoshli futbolchimiz yangi jamoasiga ko‘chib o‘tganidan keyin Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Evropa Chempionlar ligasida jami to‘qqizta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga bitta gol ham rasmiylashtirib qo‘ydi.

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” muxlislari ishtirokida jamoaning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada eng ko‘p ovoz jamg‘arib, e’tirof va e’tiborga sazovor bo‘ldi.

“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasi tarixidagi birinchi va hozircha yagona o‘zbek futbolchi bilan 2029 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzolagan.

Davomi bor...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
22/05/2025 20:08
Яна 10 марта кайтариб ёзсаларинг зур буларди.....
Абдилхамит
23/05/2025 11:49
Уч кундан буйон шу Гап бошка футбочи йук Узбекистонда
&
Азизжон
22/05/2025 23:35
Админ босинг соккани килинг
Baxil Alihuja
22/05/2025 22:06
сарлавхани узгартириб яна кайтв ёзаверишади