Husanovni nega terma jamoaga jalb qilmay qo‘yishgan edi?

  • 22 may, 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek futboli afsonasi Azamat Abduraimovning “Manchester Siti” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov haqidagi intervyusi tarqalmoqda.

Tecno

Ma’lumki, Azamat Abduraimov Abduqodir 14 yoshligida uni O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga jalb qilgan va bir muddat futbolchining iqtidorini ochishda ishtirok etgan.

Sports.uz portali ushbu suhbatda Azamat Abduraimov tomonidan aytilgan 21 yoshli legionerga tegishli qiziqarli fikrlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

Abduqodir mening jamoam tashkil qilinganidan boshlab tarkibda bo‘lgan. O‘shanda u yarim himoyada o‘ynardi va jamoaning muhim o‘yinchisi edi.  U uzoq masofaga to‘pni aniq uzatar edi. O‘shanda ozgina bo‘yi pastlik qilardi, lekin 15 yoshidan juda tez o‘sdi va bu Shlyatter hastaligiga olib keldi (bu holat yosh sportchilardan tizzam bo‘g‘imiga bosimning oshib ketishi oqibatida kelib chiqadi).  

Oqibatda biz uning otasi Hikmat Hoshimov bilan kelishib, bir necha oy davomida Abduqodirni terma jamoaga jalb qilmaslikka qaror qildik.

Keyinroq uning organizmi kuchaydi, 2019 yilga kelib, Minksdagi turnirga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida men uni terma jamoaga qaytardim, sardorlik vakolatini topshirdim va himoyaga o‘tkazdim. O‘shanda bo‘yicha cho‘zilgan, salomatligini mustahkamlangan, qo‘shimchasiga tezligi oshgan edi.

Men dinamikani kuzatish uchun atayin uning 14, 15 va 16 yoshligidagi testlari natijalarini olib, solishtirib chiqdim. Natija – ajoyib edi. Ayniqsa, Abduqodir 16 yasharligidayoq masofiy tezlikda eng zo‘rlardan biri edi. Birdan qo‘zg‘alish bo‘yicha tezligi biroz past, bu uning gavdasi kattaligi bilan bog‘liq.

Abduqodirning yuqori darajadagi futbolchi bo‘lib etishishida otasining xizmatlari juda katta. Otasi ham o‘z davrida milliy terma jamoada o‘ynagan.

Ikkinchi jihat – Abduqodir O‘zbekiston chempionatida ishtirok etmasdae, to‘g‘ri Belarusning “Energetik-BGU” jamoasidan qo‘nim topdi. U erda unga ishonch bildirishdi, 18 yoshidayoq asosiy tarkibda o‘ynay boshladi.

O‘z vatanida unga bunaqa imkoniyat berilmagan bo‘lardi. Husanov “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi bo‘lsa-da, asosiy tarkib murabbiylari uni payqashmadi, hatto o‘rinbosarlar qatoriga ham qo‘shishmadi.

Ta’kidlash joizki, Husanov O‘zbekistonning turli darajadagi o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarida o‘ynab, ajoyib tajribaga ega bo‘ldi. Hozir futbol assotsiatsiyasida terma jamoalar instituti tashkil qilingan bo‘lib, bu mamlakatda bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirishda katta qadam bo‘lmoqda, - dedi Azamat Abduraimov.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov futbolning ilk sir-asrorlarini “Bunyodkor” akademiyasida o‘rgangan bo‘lsa-da, professional futbolchilik faoliyatini Belarusning “Energetik-BGU” jamoasida boshlagan.

2023 yili yozda yosh futbolchimiz Frantsiyaning o‘sha davrdagi vitse-chempioni “Lans” tomonidan 100 ming evro evaziga transfer qilindi. Oradan bir yarim yil o‘tib, “Manchester Siti” o‘zbek futbolchisini 40 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi.

Bugungi kunda transfermarkt portali tomonidan 35 million evroga baholanayotgan 21 yoshli Abduqodir Husanov Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi.

Davomi bor...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!