
Gvozdik Beterbievdan xavaskorda uchralgan mag‘lubiyat uchun revansh olish istagida
WBC yo‘nalishining yarim og‘ir vazn toifasi chempioni Aleksandr Gvozdik xuddi shu vaznda IBF chempioni Artur Beterbievga qarshi jang avvalidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men bu jangga tayyorman. Mazkur qarama-qarshilik yana bir qiyinchilik va katta kurash. Bizning jangimiz g‘olibi yarim og‘ir vazn toifasining eng yaxshi jangchisi bo‘ladi. Arturni kuchli bokschi deb bilaman. Shuning uchun, bu juda qiyin sinov bo‘ladi.
Aslida, Beterbievni havaskor boksdan buyon yaxshi bilaman. Chunki, xavaskor boksda 2009 yil u bilan jang qildim va mag‘lubiyatga uchragan edim. Shuning uchun, menda o‘ziga xos motivatsiya mavjud. Revansh bo‘lishi juda yaxshi", - deydi Gvozdik.
Eslatib o‘tamiz: Gvozdik va Beterbiev jangi 18 oktyabr kuni Filadelfiyada bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar