Gyokeresh: "Men Keyn, Levandovski va Xoland darajasidagi hujumchiman"

  • 12 iyul, 17:03
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sporting" futbolchisi Viktor Gyokeresh dunyoning eng yaxshi hujumchilari Xarri Keyn, Robert Levandovski va Erling Xoland bilan taqqoslanganiga munosabat bildirdi.

Tecno

- Men ham shulardanman. O‘zimni aniq bir o‘ringa qo‘yish qiyin, lekin men ham shu hujumchilar qatoridaman. Ular mendan ko‘ra kuchliroq ekanini isbotlagan ajoyib o‘yinchilar. Mening vazifam ham har mavsumda shunday plankani ushlab turishga qodir ekanligimni ko‘rsatish. Ishonchim komilki, men "Sporting"da qilgan ishlarimni istalgan joyda takrorlay olaman," - dedi Gyokeresh L’Equipe nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Viktor Gyokeresh o‘tgan mavsum "Sporting" safida 52 ta o‘yinda 54 ta gol urgan edi. Ko‘plab nufuzli nashrlar 27 yoshli hujumchi "Arsenal"ga o‘tishga yaqinligi haqida xabarlar tarqatishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!