
Gyuler "Real"da qolish yoki qolmasligi haqida gapirdi
Arda Gyuler bugun "Real Sosedad" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoadagi holati haqida gapirdi.
"Men dunyoning eng yaxshi klubidaman va bundan juda xursandman. Hozirda nafaqat jismoniy, balki ruhiy tomonlama ham jiddiy shug‘ullanyapman.
Sabr bilan kutishda davom etaman va shunda mening munosatim yaxshilanishda davom etadi. Bosh murabbiyimiz Karlo Anchelottiga imkoniyat uchun rahmat aytmoqchiman", - dedi turkiyalik iste’dod sohibi.
Eslatib o‘tamiz, "Real Sosedad"ga qarshi bahsda Arda jamoasining yagona goliga mualliflik qildi va "Real" chempionlik yo‘lidagi muhim g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar