Gyundogan 8 oylik tanaffusdan so‘ng ilk marta maydonga tushdi
Angliyaning “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng yana maydonga qaytdi.
Aniqrog‘i, 26 yoshli germaniyalik futbolchi kecha bo‘lib o‘tgan “Jirona” klubiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvining 71-daqiqasida maydonga tushdi. Ta’kidlash kerakki, u “shaharliklar” tarkibida so‘nggi marta bundan 8 oy muqaddam, 2016 yilning dekabrida “Uotford”ga qarshi o‘yinda maydonga tushgan edi.
Futbolchi APLning navbatdagi turida bo‘lib o‘tadigan “Everton”ga qarshi bahsda jamoasiga yordam berishiga ishonmoqda.

Fikrlar