Gyundogan "Barsa"dan ketmoqchi emas!
OAVda "Barsa" yarim himoyachisi Ilkay Gyundoganning ketishi haqida xabarlar tarqarldi. Futbolchining atrofidagilar "ko‘k-anorranglilar" sport direktori Dekuga uning rejalari haqida ma’lumot berishdi, deb yozadi "Mundo Deportivo".
"Barselona" Gyundoganni sotishni ko‘rib chiqmoqda, biroq germaniyalikning agenti va uning amakisi Ilhan Gyundogan rahbariyatga hech qanday taklifga quloq solmasliklarini aytdi. Ilkayga jamoa yoqadi va u "Barselona" bilan muvaffaqiyatga erishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Gyundoganga Saudiya Arabistoni va Qatar klublari, xususan, "As-Sadd" klublari qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, Joze Mourino boshchiligidagi “Fenerbaxche” yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash istagini bildirgan.



Fikrlar