Gyundogan yana Bundesligaga qaytishi mumkin

  • 8 aprel, 2019, 12:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga "Bavariya" klubida jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan.

Eslatib o‘tish lozimki, Gyundogan uchun Bundesliga begona emas. Boisi, u “shaharliklar” safiga o‘tgunicha “Borussiya” Dortmund safida to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, Gyundogan joriy mavsum APLda jami 25ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!