Habib Chendlerni mensimadi

  • 21 oktabr, 2020, 01:43
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

UFC engil vazn toifasining chempioni Habib Nurmagomedov Maykl Chendlerni jiddiy raqib sifatida ko‘rmayapti.

"O‘ylashimcha, kurash uslubimni Chendlerga qarshi ishlatib o‘tirishim shart emas. U Abu-Dabiga tashrif buyurganini bilaman va aminmanki, u ortiqcha vazn to‘plagan holda, uyiga qaytadi. Men shunday fikrdaman, rahmat senga Maykl Chendler. Uyingga bor va boshqalar bilan jang qil!

U UFCning yuqori darajasidagi janglar uchun loyiq emas. Chunki ikki jang oldin, u boshqa promoushenda yutqazgan.

Bellatorning yarimengil vazn toifasidagi jangchiga yutqazgandi. U nokautga uchragan. Chendler unvonga da’vogarlik qilishi, UFCda kuchli beshlikdan biriga qarshi jang qilishi mumkinligini isbotlashi kerak. Keyin, u haqida gapirsa arziydi," - dedi Nurmagomedov.

Chendler "UFC 254" doirasida kechadigan Nurmagomedov va Getji qarama-qarshiligiga zahira jangchisi sifatida qabul qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!