
Habib Nurmagomedovning muxlislari sobiq "Bellator" chempionini tinch qo‘yishmayapti
Engil vaznda “Bellator” sobiq chempioni Maykl Chendler UFC chempioni Habib Nurmagomedovning muxlislari unga xabarlar bilan hujum qilishayotganini ma’lum qildi.
“Ruslar va dog‘istonliklar men tushunmaydigan tilda matnli va ovozli xabarlar bilan meni bombardimon qilmoqda. Vaholanki, men sen tomon boryapman, Habib!", – deya Chendlerni so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "Fighttime".
Chendler “UFC 254» turnirining asosiy voqeasi bo‘lgan Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi to‘qnashuvning zaxira jangchisi hisoblanadi.
Fikrlar