
Hakim Fuzaylov "Buxoro"ning ilk mag‘lubiyatidan keyin: "Rahbariyatga tushuntirib, ketish to‘g‘risida ariza yozmoqchiman"
Pro liganing 10-turiga start berildi. Hali mag‘lubiyat nimaligini bilmagan “Buxoro” klubi Muborakda “Mash’al”ga qarshi uchrashuvda imkoniyatni boy berib, chempionatda ilk bor yutqazdi. Mazkur bahsdan keyin “Buxoro” bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov shunday dedi:
“Muborakka faqat g‘alaba uchun kelgandik, yigitlarga aytganman: bu turnirda to‘p surish juda ham qiyin.
“Mash’al” oxirgi 3 o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan edi, tabiiy ravishda jamoa nimadir qilishi kerak edi va bu ro‘y berdi. Futbolda har doim g‘alaba futbolchilarniki, mag‘lubiyat uchun esa bosh murabbiy javobgar.
Hali xech nima yo‘qotilmadi, jamoa etakchilar safida bormoqda. Men esa qo‘llarimni pastga tushiraman, balki nafaqaga chiqish payti kelgandir. Rahbariyatga tushuntirib, ketish to‘g‘risida ariza yozmoqchiman, - dedi Fuzaylov o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.
Fikrlar